Qarhamonmi yo sotqin?

1-may kuni vatandoshimiz, Amerika — Turkiston assotsiatsiyasining asosichilaridan biri Ro‘zi Nazar 98 yoshida Turkiyada vafot etdi.  1941 yilning yozida II Jahon urushida ishtirok etgan Ro‘zi Nazar janglarning birida yarador bo‘lib, nemislar okkupatsiya qilgan yerda qolib ketadi. Keynchalik,  kommunistlar tuzumiga qarshi Turkiston Legionining safida kurashadi. Turkistan legioni Gitlerning olmon qo’shinlari tarkibida Sovet Ittifoqi qo’shinlariga qarshi kurashgan o’zbek, qozoq, qirg’iz, tojiklardan tuzilgan legion edi.

Ro’zi Nazarning vafoti ortidan uni ba’zilar qahramonga, Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan botirga qiyoslashmoqda. Boshqalar esa o’z vataniga qarshi iblis bilan til biriktirgan sotqinga.

Aslida Ro’zi Nazarni bilishning o’zi yetarli. Lekin uni oxirigacha o’rgana olganmizmi? Uning shaxsiga xolisona ham yondoshsa bo’ladi. Sotqin yo qahramon deb atash ham shart emas. Unga biron tamg’a taqmasdan ham uning shaxsini, tarixda qoldirgan izini o’rganish mumkin. Men uchun u shu tomondan ahamiyatli edi. U tariximizning o’ta muhim, yetarlicha yoritilmagan qismi. Men ko’p guvohi bo’laman, ba’zilar shunday shaxslarni olib, saralab olingan faktlar bilan ularni turli yo’lda taqdim qiladi. Vaholanki, u bilan bo’lib o’tgan suhbatlar asosida ham barcha faktlar, barcha haqiqat oxirigacha ochilmagan. Ro’zi Nazarni qahramon deb atayotganlar uning olmonlar qo’liga tushishidan oldin qanchalar Turkiston g’oyasi uchun kurashgan yo kurashmaganini bilishmaydi. Uning o’zi olmonlar nazorati ostida kimlarning ta’siriga tushgan edi? Urushgacha Parijda ta’lim olgan bir hovuch turkistonliklar qonxo’r va inson qiyofasini yo’qotgan Natsistlar qafasiga tushib qolgan minglab yurtdoshlariga qanday va’dalar bergan? Avvalambor, tirik qolish va’dasi. Jon shirin. Ro’zi Nazarning asl maqsadi nima edi? Yo unga bu maqsad uqtirilganmidi?

Turkiston legioni aslida qanchalar realistik maqsadga asoslangandi va olmonlar bu turkistonlik askar va ularning kichik ziyoli guruhudan qanchalar foydalanib qolishdi? Urushdan keyin temir devor paydo bo’lganda esa Amerika Ro’zi Nazar kabi yurtdoshlarimizdan qanchalar foydalandi? Uning Markaziy Razvedka Agentligiga xizmat qilishi ham omon qolishning bir usulimidi? Natsistlar Turkistongacha yetib borsa nima bo’lardi? Mafkuraning asoschilari shuni bilarmidi yo ular uchun natija muhim emasmidi?

Bu savollarga men qanchalar javob topmay, baribir men Ro’zi Nazarni ko’klarga ko’tarmayman va yerga ham urmayman. Men uchun bu masalada xolislik muhim. Tosh otuvchilar yo sig’inuvchilar guruhlari emas.

Yaqinda bir do’stim sahifamda yozib qoldiribdi: “Ibrat! Nargiz Zokirovaga nima qilishayotganini ko’rdingmi? Bu muhim!”

Zokirovaning masalasi ham shunga o’xshash masala men uchun. Uni ham kimdir shaytonga chiqardi, kimdir qandaydir qahramonga. Men uchuh butun mojaroni kuzatishning o’zi qiziq edi. Nimaga biz har doim taraf tanlashga shoshilamiz? Nega avval chuqurroq o’ylab ko’rmaymiz? Nargiz shu paytgacha qanday xaqoratlarga uchraganini bilamizmi? Men, masalan, bilmayman. Uning vatanidan nafratlanishga haqqi bormi? Albatta, bor. Balki soxta vatanparvarlar ichida Nargiz kabi sotqinlar qiziqroqdir? Balki nima sababdan uning shu darajaga yetganini o’ylab ko’rish qiziqroqdir toshbo’ron qilizhdan avval? Agar sababi bo’lmasa ham, baribir bu uning fikri.

Bu ikki shaxs, albatta, bir-biridan yer bilan osmoncha farq qiladi. Lekin bilmagan shaxslarimizni biz uchun saralab, chaynab og’zimizga solingan ma’lumotlar asosida baholamaylik. O’zimiz fikrlaylik. Qachonki bizda yetarli ma’lumot bo’lmas ekan, xulosa ham qilmaylik. Aslida biz uchun yozilgan har bir tarixiy faktni o’rganayotganda undan qandaydir mafkuraning hidi sassib turadi. Shu hidni ilg’ab olish muhim va har bir jumlani savol ostiga olish muhim.

Muallif: Ibrat Jumaboev

 

Vatandoshimiz, Amerika — Turkiston assotsiatsiyasining asosichilaridan biri Ro‘zi Nazar 98 yoshida vafot etdi.

Ro‘zi Nazar (Ro‘zmuhamad Umirzoqov) 1917 yili Marg‘ilon shahrining Gulvardor mahallasida tug‘ilgan. Otasi usta Umurzoq o‘z kasbini san’at darajasiga yetkazgan, maxallaning obro‘li kishilaridan bo‘lgan. Onasi Tojiniso Xolmat qizi savodli, shoirtabiat, ziyrak, fors va arab tillarini yaxshi bilar, maktab ochib, maxalla qizlariga saboq berardi.

Ro‘zi Nazar 20-yillarda Marg‘ilondagi o‘rta maktabda ta’lim olib, 30-yillarda yesa Toshkentga kelib o‘qiydi. 20–30-yillarda O‘zbekistonda bo‘layotgan barcha tarixiy voqealarning guvoxi bo‘ladi.

1940 yili armiyaga chaqiriladi. Odessa shaxrida Ro‘zi Nazarni kimyo-mudofaa kursiga o‘qishga jo‘natadilar. Kursni tugatgach, harbiy unvon olib, muxandis sifatida harbiy qismga qaytib keladi. 1941 yilning yozida II Jahon urushida ishtirok etgan Ro‘zi Nazar janglarning birida yarador bo‘lib, nemislar okkupatsiya qilgan yerda qolib ketadi.

Ro‘zi Nazar 1958 yili Ergash Shermat, Isoqjon Narziqul, Maqsud Bek, Husayin Ikrom, Sharifjon Ali Beklar bilan birgalikda Turkistonliklarning Amerikadagi jamiyatini tuzishda ishtirok etadi. 1992 yilning may oyida, 52 yillik judolikdan so‘ng Ro‘zi Nazar O‘zbekistonga kirib keladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here