O‘zbekistonda ilk bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining faoliyatini tartiblaydigan Nizom ochiq e’lon qilindi. Bugungi kungacha mamlakatda eng qudratli davlat idoralaridan biri hisoblanmish Prezident Devoni faoliyatini belgilaydigan yakka tartibdagi hujjat ochiq foydalanishda mavjud emas edi. Bunday yaxlit hujjat jamoatchilikka endi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Farmonga imzo chekishi bilan  taqdim etilmoqda.

Prezident Devoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot-tahlil va tashkiliy-nazorat organi bo’lib, Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlaydigan ‘ishchi organ’ hisoblanadi.

Farmonda Prezident Devonning asosiy vazifalari, faoliyati yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etishni belgilaydigan Nizom qabul qilingan. Devonning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilandi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash;
  • aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kadrlarga oid davlat siyosatini, shuningdek davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash;
  • davlatning ichki va tashqi siyosati asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini muhofaza qilish, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlashda ko‘maklashish;
  • mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini ta’minlashda ko‘maklashish;
  • nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi, ularga o‘z ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirishlariga teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishi kafolatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan ularning demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini oshirish borasida samarali hamkorlik qilish;
  • davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati hamda tendensiyasini tahlil qilish, uning natijalari bo‘yicha samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini o‘tkazish, ilm-fanni, madaniyatni, ta’limni, sog‘liqni saqlashni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tuzilmalarning, shuningdek uning vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi maslahat va kengash organlarining faoliyatini tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy hamda protokol jihatidan ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini tashkil etish va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Prezident Devoni samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari va funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish ham ko’zda tutilgan.

Farmonga ko’ra, bir necha mavjud xizmat, kengashlar tugatilmoqda yoki qayta tashkil etilmoqda. Hususan, yangi tashkil etilgan xizmatlar quydagilardir:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati;
  • Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmatining tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yuridik xizmati;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlarining jamoat, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati masalalari bo‘yicha, yoshlarga doir siyosat bo‘yicha, o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ishlash bo‘yicha, millatlararo munosabatlar va din ishlari masalalari bo‘yicha sho‘’balari negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish xizmati.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati esa Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati etib qayta tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish bo‘yicha kengash va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tugatilmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tuzilmasi quydagicha shakl olmoqda:

 

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here