O‘zbekistonda davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning yuz yilligi nishonlanadi. Bu boradagi qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni imzoladi.

Qarorga asosan Jizzax viloyatida Sharof Rashidov memorial kompleksi tashkil etiladi va uning haykali o‘rnatiladi.

Yosh avlodni davlat arbobining hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzaxda Rashidovning uy muzeyi ochiladi.

Bundan tashqari Mirziyoyev Rashidov va uning ijodiga bag‘ishlangan kitoblarni chop etishga ham ko‘rsatma bergan. Jumladan, O‘zbekiston yozuvchilar ittifoqi tomonidan Sharof Rashidovning “Saylanma”si hamda Rashidov haqidagi xotiralardan iborat “Xalqimizning buyuk farzandi” to‘plami nashr etiladi.

Rashidov to‘g‘risida hujjatli film olinadi hamda “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixidagi roli”, deb nomlangan ilmiy anjuman o‘tkaziladi.

2017 yilning noyabrida Jizzaxda va Toshkentda Sharof Rashidovning yuz yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.

Avvalroq O‘zbekiston Senati Jizzax viloyati Jizzax tumanini Sharof Rashidov tumaniga aylantirilishi to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan edi.

1917 yilda tug‘ilgan Sharof Rashidov 1959-1983 yillarda, ya’ni 24 yil davomida tO‘zbekiston kommunistik partiyasi markaziy qo‘miatsining birinchi kotibi lavozimida ishlab, respublikani boshqargan edi. U 1983 yilda vafot etgan

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here