O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ‘tarixiy’ deb baholangan davlat tashrifi bilan 22-23 mart kunlari Qozog‘istonda bo’ldi.

Birinchi bor, bunday safar doirasida O‘zbekiston tomonidan katta delegatsiya Qozog‘istonga bordi – hukumat vakillaridan tashqari 250 a’zolik ishbilarmonlar delegatsiyasi ham Ostonaga bordi.

Qozog‘iston Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga 2016 yilning dekabrida saylanganidan so‘ng safar qilayotgan ikkinchi mamlakatdir.

Prezidentlar Nursulton Nazarboev va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlardan so‘ng Ostonada Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik sherikchilikni yanada chuqurlashtirish va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Ikki davlat hukumatlari raislari va a’zolari darajasida:

  • Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv,
  • 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi,
  • Ikkitomonlama soliqqa tortmaslik to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartishlar kiritishga oid bayonnoma,
  • Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishlar kiritishga oid bayonnoma,
  • ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi,
  • Ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv kabi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 7 ta yirik hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston muzokaralari yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo jami 13 hujjat imzolandi.

Rossiyadan O‘zbekistonga neft import qilinishi mumkin.

Uchrashuvlar davomida bayonot bergan Qozog‘iston energetika vaziri Kanat BozumabaevKazMunayGaz” milliy neftgaz kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekani, tegishli hujjat O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilganini aytdi.

SSSR paytida Rossiyadan O‘zbekistonga neft keladigan yagona OmskPavlodarChimken-Zafarobod magistral neftquvuri hozirda ishlamayapti, u to‘xtatib qo‘yilgan. Shuning uchun hozir O‘zbekistonga neftni faqatgina Chimkentdagi neft tashish estakadasi orqali olib borish mumkin. U yerda tashish quvvati taxminan ikki million. O‘zbek tomonidan kattaroq hajm so‘ralsa, balkim magistral neftquvuri qayta tiklanishi mumkin. Hozir ikki tomon energetika vazirliklari bu masalani muhokama qilmoqda. Qozoqiston va O‘zbekiston bu masalada to‘xtamga kelgandan so‘ng, 2017 yil mart oyining ohirlarigacha Rossiya bilan ham kelishish ko‘zda tutilgan.

Ravon Nexia R3 Qozog‘istonda ham yig‘iladi

Qozog‘istonda o‘zbek avtomobillarini yig‘ish korxonasini tashkil etish masalasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida muhokama qilindi.

Avval yiliga 3000 dona, keyinchalik 7000gacha Ravon Nexia R3 rusumli o‘zbek avtomobillarini yig‘ish Qozog‘istonning Ko‘stanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” shirkati bazasida amalga oshiriladi. Bu “GM Uzbekistan” QK va AllurGroup MChJ tomonidan imzolangan Hamkorlik haqidagi bayonnomada ko‘zda tutilgan.

Yangi va 24 soat ishlaydigan chegara punktlari

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida 2 ta yangi chegara punkti ishga tushadi, ishlab turgan 3 tasi esa tunu kun faoliyat olib boradi. Bu haqda “Kazinform” XAA xabar berdi.

Transport kommunikatsiyalari tarmog‘i yanada kengaytiriladi

Qozog‘istonning Maqtaaral tumani hududidan o‘tgan, Toshkent va Samarqandni bog‘lovchi avtomobil yo‘lining ochilishi, Toshkent – Olmaota tezyurar poyezdi va ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani transport kommunikatsiyalari tarmog‘ini yanada kengaytirishi kutilmoqda.

Ostonadan Toshkentga yana ikkita aviareys yo‘lga qo‘yiladi, deya aytib o‘tdi QR Investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek.

O‘zbek-qozoq biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida jami, 1 milliard AQSh dollari atrofidagi qiymatga ega bo‘lgan 75ta hujjat imzolandi.

Shuningdek, tomonlar oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha uchta qo‘shma savdo uyini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar faqatgina iqtisodiyot va ekologiya, transchegaraviy daryolar kabi dolzarb mavzular bilan cheklanib qolmadilar. Terrorizm va ekstremizm muammosiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldilar.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here